Пирожное «КРАСНЫЙ БАРХАТ» . QIZIL BAHMAL Shirinligi
TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇 INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇 / @princessravshanoy2168 “”””””””””””””””””””""""”””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””” Assalomu alaykum qadrdonlarim! Bugun yana bir dasturxon ko’rki bo’ladigan shirinlik retseptini sizlarga taqdim qilmoqchiman. Qizil Bahmal pirojniysi! Biskvit uchun: 150 gr yumshoq saryog yoki margarin 180 gr shakar (1 st) 3 ta tuhum 250 ml qatiq 300 gr un 1 ch q razrixlitel 1 ch q soda 1 ch q vanilin 1 chimdim tuz Qizil rang Yumshoq Margarin va shakarni mikserlaymiz, 1 tadan tuhum qo’shib mikser qilishda davom etamiz. Un+razrixlitel + vanilin+tuz elakdan o’tkazib tuhumli massaga qo’shamiz. Qatiqqa soda va qizil rangni qo’shib, hamirga qo’shamiz va yaxshilab mikserda aralashtiramiz. Tayyor hamirni pergament qog’oz solingan listga quyamiz. Listim razmeri 45sm & 30sm, agar listingiz kichikroq bolsa 2 ga bo’lib pishiring, juda qalin bo’lib ketmasin. Qizigan Duhovkada 180 gr/350 f da 15-20 minut pishirib olamiz. Kremiga: 450 gr krem-chiz 250 ml qaymoq 180-200 gr shakar upasi 1 ch q vanilin Hamma masalliqlar muzdek bo’lsin! Hammasini mikserda qattiq krem bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Biskvitdan xoxlagan shakllarni kesib olamiz, menda yurakli qolip. Chetlaridan qolgan biskvitni yana duhovkaga 180 gr ga qo’yib quritib olamiz, qurigach yaxshilab maydalaymiz. Orasiga krem quyib, chetlariga ham krem surtamiz. Chetlariga maydalangan biskvitni sepamiz (yoki botirib olamiz). Eritilgan oq shokoladga qizil rang qo’shib, pirojniylarni ustiga quyamiz, ortgan kremdan ozroq gul chiqaramiz. Yana boshqacha bezatishingiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha!