Mashxurbek Yuldashev - Ona nolasi | Машхурбек Юлдашев - Она ноласи (music version)

Официальный сайт:
Mayus ko'zlarida bir ishonchi bor, Hanuz kutmoqda dilbandin yo'lini. Farzandi safarda yurgan onai-zor Diydor umidi ovutadi dilini. Qalbdan chiqar faqat birgina nido: Omonmisan, jon bolam, bir-donaginam?.. Bolamni panohinga olgin ey Hudo. Duo qilar ona, hatto tushda ham. Mol-u dunyo dardida ketdingku uchib Havas qilganing bolam o`zga yurtmidi? Qoldim sensizlikda men zarda ichib Onangni tashvishlarga qo'yish shartmidi? Bolam, puling kerakmas, borliging davlat Har bir onimda menga yorliging davlat Bag'rimga qaytib kelgin, iltimos qo`zim Ko'zlarim shod etib, to'kib yur savlat Sog'indim, bolam, ko'zlaringni Sog'indim, bolam, so'zlaringni Sog'indim, bolam, bo'ylaringni Sen ham meni sog'indingmi?.. To'yinga deb pul yig'ib yuribman bolam Ortgani ro'zg'orimga yetib turibdi Seni yaxshi ko'rarkan qo'shni qiz - Sanam, Hech kimga bildirmay, yig'lab yuribdi Tugamas onangning aslo toqati, Qancha qishlar o'tib, bahorlar qaytdi Kamayib bormoqda diydor fursati Buni menga oppoq sochlarim aytdi Qo'shnimiz qazo qildi ikki kun avval Janozada bo'lmagan hech kim qolmadi Faqat safarda yurgan o'rtog'ing Sarvar Onasin so'ngi yo'lga kuzatolmadi Shunday achinarli ekan bu holat Sen yo'q, umrim tugab, anglab yetyapman Fursatni boy bermay, tez yonimga qayt Sog'indim, bolam, ko'zlaringni Sog'indim, bolam, so'zlaringni Sog'indim, bolam, bo'ylaringni Sen ham meni sog'indingmi?.. ©NEVO 2019 Все права защищены. Подпишись на канал
NEVO @ Одноклассники https://ok.ru/nevotv
NEVO @ Instagram   / nevomusic   NEVO @ Вконтакте https://vk.com/nevotv
NEVO @ Facebook   / nevomusic   NEVO @ Telegram

Смотрите также