Ўзбек блогери афғонда нималарга дуч келди ? Кобулга қайтиш

Uzoq asrlik tarixga ega, Hirot (pauza) O’zbek millati tarixida ulkan ahamiyatga ega shahar. Bu yerda biz ulug‘ xoqon Amir Temurnining kelini, Shohruh Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim maqbarasi, so‘ngra buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qabrini, Sulton Husany boyqaro qabrini va boshqa o’ziga xos maskanlarga borib siz aziz tomoshabinlarga ko’rsatuv shaklida taqdim etdik. Ularni kanalimizdan topishingiz mumkin. Nihoyat Hirot bo’ylab qilgan qiziqarli safarni yakunlashga majbur bo’ldik. Chunki vizam muddati oz, qiladigan ishlar esa boshqa shaharlarda ham ko’p edi. Shu sabab ushbu marvarid shaharni tark etish maqsadida mahalliy aeroport tomon yurdik. Aeroportda xalqaro standartlar bo’yicha ro’yxatdan o’tib Samolyotga ham chiqib oldik. Shu o’rinda ta’kidlab o’tsam: Afg‘onistonda ikkita aviakompaniya bor ekan. Birinchisi kam air va Ariana afghan airliniyes. Bugungi kunda odamlar ko‘proq Kam Air kompaniyasiga ishonch bildirmoqda ekan. Biz o’tgan gal Arianada uchgan edik. Bu safar Kam airni sinab ko’rishga qaror qildik savol tug’iladi: bu ikki kompaniya o’rtasida qanday farq bor ? Bu yerdagi mahalliy aholi Kam airni maqtar ekan. Nimaga deb sorasak havfsiz deb aytishdi, Ariana Afgan samaloyotlari esa ko’p halotga uchraydi degan gap yurar ekan. Shaxsan menga Ariana afghan airliniyes kompanaysi samoloyoti ko’proq yoqdi. Chunki biz uchgan uchoqda biznes klass bor edi, kam airda esa bu narsani ko’rmadim. Ovqatlari jihatidan esa deyarli farq yo’q, ya’ni bitta suv va buterbrod berildi ha ikkalasida ham . Hirot tuproqlarini tark etish oson emas. Chunki qachonlardir bu yerda ajdodlarimiz yashashgan. Ularning ruhi bizni doimo chorlaydi albatta. Samolyot go’zal shaharni ortda qoldirib, yerdan asta-sekin havoga ko‘tarildi. Quyida ulkan rasmdagidek afg‘on diyorining panoramasi ochiladi: tog‘ tizmalari, tikanli butalar o‘sgan cheksiz tekisliklar, olovdek yonayotgan cheksiz cho‘llar. Oynadan esa quyoshning tog'larning cho'qqilariga boqib, ularni ko'zni qamashtiradigan darajada oppoq qilib ko'rsatayotgani sezildi go’yo. Pastda, jonsiz cho'l orasida kelajakka umid urug’lari sepilgan yerlar ko’rindi. Qachonlardir bu tarixiy yerlardan karvonlar o’tgan hozir esa mana osmonda samolyotlar uchmoqda. Afg‘onistonning yuragi Kobul uzoqdan ko‘rina boshladi. Qadimiylik va zamonaviylik, janglar uyg'unlashgan, qarama-qarshiliklarga to'la tarixga boy poytaxtga keldik. Shasse yerda bizga esa harbiy samolyotlar ko’rindi Samolyot Kobulga qo‘nganda esa o‘zimni shunchaki sayyoh emas, balki shu zaminning bir parchasidek his qildim go’yo. Samolyotdan tushib shaharga chiqdik. Sarguzashtlarimiz davom etadi. Oldinda yangi siz bilmagan manzillar. Ko‘rsatuvlarimizni o‘tkazib yubormay desangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Смотрите также