Бобур қабрини зиёрат қилдик. Улуғ ўзбек қабри қандай аҳволда ? Илк бор кўринг

Avg‘on tuproqlariga qilgan safarim davomida men minglab kilometr yo‘llarni shunchaki sayohat qilish uchun bosib o‘tganim yo‘q. Safarimning maqsadi buyuk o‘zbek siymolari qabrlarini ziyorat qilish, maqbaralarning bugungi holatini ko‘zdan kechirishdan iborat edi. Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga qilgan safarim davomida eng muhim manzillardan biri - Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasiga, sarkarda tomonidan barpo qilingan bog‘ga tashrif buyurdim. Afg‘onistondagi Bobur qabri nafaqat buyuk imperatorning dafn etilgan joyi, u tarix, san’at va sokin g‘am-g‘ussa olamini aks ettiruvchi darvoza kabidir. Chipta xarid qilib ichkariga kirdik. Shu o‘rinda tarixga nazar tashlaymiz: Zahiriddin Muhammad Bobur – tarix aks-sadosidek yangraydigan ism. U jangchi, sarkarda, shoir va eng muhimi bobosi Amir Temur kabi buyuk imperiya asoschisi edi. Uning hayoti dramatik burilishlar va taqdirning kutilmagan burilishlariga to‘la qiziqarli roman kabi. U Farg‘ona vodiysida, O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi o‘chog‘ida tug‘ilgan, u yerda bolaligidan kuch-qudrat ta’mini, mag‘lubiyat achchiqligini o‘rgangan. Bobur chinakam yo‘lbars edi, intilishlarida charchamas edi. U temuriylarning avvalgi ulug‘vorligini tiklashni orzu qilgan va shu orzusi yo‘lida qudratli hukmdorlarga qarshi chiqqan, o‘z yurtlari sarhadlaridan oshib o‘tgan, har bir parcha yer uchun kurashgan. Zahiriddin Muhammad Bobur – tarixda 1494 yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan; 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan; 1526 yil aprelida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland kelgan; Bobur 1530 yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot etadi. Uning xoki keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobuldagi “Bog‘i Bobur”ga olib kelingan; Hindistonda u o‘z taqdirini topdi, u erda shiddatli janglarda u o‘z imperiyasini yaratdi. Ammo u nafaqat jangchi edi. U sevgi, tabiat, harbiy yurishlari haqida ajoyib she’rlar yaratgan shoir va yozuvchi edi. U she’rlarida qalbining teranligini, uning mo‘rtligini, g‘alabaga bo‘lgan bukilmas irodasini aks ettirgan. Nihoyat Bobur maqbarasiga yetib keldik. Yo‘lboshchimiz maskan haqida gapirib berishidan avval ulug‘ ajdodimizga atab Qur’on tilovat qildik Mendan mehmonlar kitobiga fikr bildirishimni so‘rashdi. Qizig‘i yaqindagina bu yerga O‘zbekistonliklar kelib ketishgan ekan. Qabr ziyoratidan so‘ng Bobur tomonidan barpo qilingan bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Binoning tepasiga chiqar ekanmiz Kobul shahrining go‘zal manzarasi gavdalandi. Bog‘i boburda ham o‘zbeklarni uchratib qoldik. Ular bilan suhbat qurdik Bu yerda sayr qilayotgan insonlar orasida turli yoshdagilarni uchratish mumkin. Masalan mana bu yoshlar freyestyle sakrashlarni amalga oshirayotgan ekan. Bu yerdagi muzeyga ham kirdik Bobur maqbarasi – tarix abadiyat bilan uchrashadigan, o‘tmish bilan bugungi kun chambarchas bog‘langan joy. Bu hayotning buyukligi va o‘tkinchiligi, insonning o‘zi allaqachon o‘tmishda bo‘lsa ham, inson yutuqlari abadiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlarga sho‘ng‘ishingiz mumkin bo‘lgan joy. Safar davomida bizni boshqa qiziq manzillar kutib turibdi. Bu haqida esa endi keying videoda ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Смотрите также