Уфк . Саид Ахмад 1 кисм

Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi. Romanda davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar ichida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon kabi tutashgan taqdirlar hayotidagi fojialar tasvirlangan. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlarning yana sevgiga va sadoqatga roʻbaroʻ boʻlishi, birinchi muhabbat davr va sinovlar qaʼriga singib ketishini koʻrish, jonli tasvirlar orqali tarixiy maʼlumotlar bilan tanishish, ezilgan xalqning hayot mashaqqatlarini tushunish mumkin.

Смотрите также