Афғонда ўзбеклар яшайдиган Мозори-Шариф. Машраб қабрини излаб.

Mozori Sharif – tarix rivoyatlar bilan yod olinadigan, zamonaviylik qadimiy an’analar bilan yonma-yon yashaydigan shahar. Moviy gumbazi jannatmonand ko‘rinishdek porlab turgan Mozori Sharifda o‘zbeklar juda ham ko'p. Ular til va urf odatlarni saqlab kelishmoqda. Tor ko‘chalarda, ayvonlari o‘yilgan qadimiy uylar orasidan velosipedlar oshiqadi, mashinalar qatnovi, savdogarlar ziravorlar va shirinliklar hidiga to‘lgan bozorni aylanib, xaridorlarni chorlaydi. Ammo bu zohiriy shovqin ortida, bozorning rang-barang ranglari ortida shaharning og‘ir tarixini eslatuvchi sokin g‘amginlik ham bor. Zero bu hudud ham uzoq yillik urushlardan charchagan. Mozori Sharif shunchaki shahar emas, ,bu yerda har qadam tarix. Huddi vaqt sekinlashayotgandek tuyuladi, qadimiy an’analar olamiga, go‘zallik va hamjihatlik olamiga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Shahar bo‘ylab yurar ekanmiz, tandirlarga duch keldik. Mozori Sharif urush va vayronagarchiliklardan omon qolgan, biroq o‘z ruhini, o‘ziga xos muhitini saqlab qolgan shahar ekan. Bu yerda biz tarixiy devorlarga duch keldik. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tarixda Balx yetti darvozasi bo‘lgan devorlar bilan o‘ralgan. Kushonlar davridan saqlanib qolgan poydevorlar deya ta’riflanarkan. 1220 yilda shahar Chingizxon tomonidan bosib olindi, yuz ming otliq binolarning deyarli 90 foizini vayron qilindi va aholining uchdan biridan ko‘prog‘ini o‘ldirdi. Marko Polo va Ibn Battuta yozganidek, Balx abadiy xarobalarda qoldi. 1359 yilda Amir Temur davrida va uning vorislari tomonidan bu devorlar qayta tiklangan va shaharda muhtasham binolar qurilgan. Bu devorlar buyuk imperiyalarning yuksalishi va qulashining so‘zsiz guvohi sanaladi. Olisda shaharning avvalgi ulug‘vorligini eslatuvchi qadimiy xarobalar ko‘rinsa, pastda, devor etagida esa, cho‘qqida vaqt to‘xtab qolganini sezmay, hayot qizg‘in ketmoqda. Devorlar yonida qabr bor ekan. Bu haqida biroz keyinroq ma’lumot beramiz. Devorlar tepasida sayr qilib, biz o‘tmish nafasini his qilib, asrlar oralab sayyohat qilgandek bo‘ldik. Atrofda Qabriston va masjid ko’rindi. Qachonlardir biz turgan joyda askarlar turishgan. Shaharni mudofaa qilib jonlarini fido qilganlar. Devorlardan asta sekinlik bilan pastga tushdik. Toshdagi har bir yoriq, uning yuzasida qolgan har bir vaqt izi so‘zsiz aytilgan tarix hikoyasi sanaladi. Eski kirish joyisha duch keldik Ichkarida katta arilar uyasi borligi uchun bu yerga kirmaslikka qaror qildik Devor bugun harobaga aylangan. Bu yerdan tushib ketish xavfi bir lahza. Asta sekin pastga tushdik Balx shahar devorlari shunchaki tosh to‘siqlar emas, ular tarix yodgorligi bo‘lib, zamonning mo‘rtligini, inson ruhiyatining mustahkamligini, tarix ham devorlar kabi har qanday sinovga bardosh bera olishini eslatib turadi. Qal’a atrofida uylar ko’rinadi. Hanuz odamlar yashayotgan ekan. Soqchilik punktlaridan biridamiz. O‘zimizni askarlardek his qildik. Qadimiy g‘ishtlar ham o‘sha davrdagi quruvchilarning mahoratidan darak beradi. Yomg‘ir suvlarini chiqarishga mo‘ljallangan tizim hanuz saqlanib qolgan ekan. Shubhasiz bu qal’a tarixda ko‘plab urushlarni ko‘rgan. Atrofda paxtazorlar bor ekan. Maydonni ko‘zdan kechirdik. Xo’sh bu yerdagi qabr kimniki bu savolga yozuvlarni o‘qib javob oldik Xalqimizning ming yillik qadriyatlariga ko‘ra, bu yerdagi qabristonni ziyorat qilishga qaror qildik. Qabrlardan biri o’tgan Imomlardan biriga tegishli ekan Bu yerda ham Qur’on tilovat qildik Oqsoqollardan biri bizga qabrlar haqida ma’lumot berdi Devorlar atrofini aylanar ekanmiz mahalliy o'zbeklarga duch keldik. Ular bilan qasspoblar piri ziyoratgohini ko‘zdan kechirdik. Biz ulug‘ ajdodimiz, adabiyotda Navoiydan keyinig o‘rinda deya ta’riflanadigan Boborahim Mashrab bobomizning qabri haqida ma’lumot topa olmagan edik. Nihoyat niyatimiz amalga oshadigan ko‘rinadi. Hamrohlarimiz Boborahim Mashrab qabrini bilishlarini va ko‘rsatishlarini aytib o‘tishdi. Biz qabr tomon yo‘lga chiqdikBu haqida keyingi ko‘rsatuvimizda hikoya qilamiz. Azizlar, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

Смотрите также