ТРУБОЧКИ // TRUBOCHKA shirinligi/ FOLGAdan QOLIP Tayyorlaymiz

Assalomu alaykum! Qatlamali hamirimizdan TRUBOCHKA shirinligi, PLOMBIR KREMI bilan! QATLAMALI HAMIR retseptimiz bu yerda👇👇    • Juda oson va tez tayyor bo’ladigan UNIVERS...   Telegram kanalimiz ssilkasi bu yerda👇👇
PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang🤗👍👇    / @princessravshanoy2168   Qatlamali hamirni qalinligi 4-5 mm qilib yoyamiz. So’ng eni 2 sm qalinlikda, uzunligi 40-45 sm qilib lentalar kesamiz. Folgadan yasalgan yoki tayyor trubochka qolipchalariga lentalarni o’rab 200 gr/400 f da 15-20 minut qizargunicha pishirib olamiz. Zavarnoy krem atalasi uchun: 180 gr shakar (1 st) 1 ch q vanilin 1 yarim osh q jo’xori krahmali (yoki un) 1 osh q kakao (shartmas) 1 ta tuhum 300 ml l sut Hammasini qozonchaga solib aralashtiramiz va gazga qo’yib quyilgunicha aralashtirib turamiz. Quyiq atala holiga kelgach gazdan olib ustiga selofan yopishtiramiz va holodilnikda sovutamiz. Idishga 300 ml l muzdek qaymoqni solib qattiq krem holiga kelgunicha mikserda ko’pirtiramiz. Sovigan Tayyor atalamizni ko’pirtirilgan qaymoqqa ozginadan qo’shib shpatelda yoki qoshiqda aralashtiramiz, mikserda aralashtirmang, qaymoq chirib tushadi!!! Tayyor kremni konditer qopchasiga solib trubochkalarimizni ichiga quyib chiqamiz. Trubochkalarimizni xoxlagandaka bezatamiz. Yana boshqa xoxlagan kremingizdan foydalanishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Смотрите также